7-sinf Ona tili va adabiyot
I chorak
1.Boshqa so’zlar,shuningdek so’z birikmasi va gap o’rnida qo’llaniluvchi,ularga ishora qiluvchi so’z turkumi qaysi?
A.ot B.sifat C.olmosh D.fe’l
2.U Saidiy bilan do’st edi,bu do’stlik otalarini ham munosabatdor qilgan edi. Berilgan gapda olmoshning qaysi ma’no turi qatnashgan? A.ko’rsatish B.kishilik C.o’zlik D.gumon
3.Ko’rsatish olmoshlariga qanday qo’shimchalar qo’shilganda asos va qo’shimcha orasida bir n tovushi orttiriladi?
1.egalik 2.kelishik 3-dek 4-day 5-aqa 6-cha A.1,2,4 B.2,5,4 C.1,3,6 D.hammasi
4.A.Avloniyning ta’lim sohasidagi yangiliklri to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping?
A.Turkistonda birinchilardan bo’lib maktablarga geografiya,kimyo,handasa,fizika fanlari kiritilishiga ta’sir ko’rsatdi. B.Bir dars bilan ikkinchi dars orasida tanaffusni joriy etdi. C.Ta’limni real turmush bilan bog’lashga intildi
D.hamma javoblar to’g’ri
5.Qaysi javobda shaxs, narsa, belgi, harakatlarni jamlab ifodalaydigan belgilash olmoshlari berilgan ?
A.hamma, barcha ,bari ,har biri
B.har kim ,har bir ,har qanday
C.har bir,yalpi, jami,har kim
D .hamma,barcha ,bari ,butun
6.Qaysi olmoshlardan belgilash olmoshlarini hosil qilish mumkin? A.so’roq va ko’rsatish
B.so’roq va kishilik
C.so’roq va o’zlik
D.faqat so’roq
7.Qaysi so’roq olmoshi kelishik qo’shimchasini qabul qilmaydi? A.qachon B.nega.Cqancha.D.necha
8.Shuhratning qaysi asarida chet eldagi o’zbeklar hayoti aks etttirilgan ?
A.”Shinelli yillar”
B.”Mardlik afsonasi
C.”Oltin zanglamas ”
D.”Jannat qidirganlar”
9.Bu –men tug’ilgan o’lka gapida ko’rsatish olmoshi qanday ma’noni ifodalagan?
A.ko’rsatish B.ta’kidlash C.ajratish D.izohlash
10.Bir so’zi qanday so’zlarga qo’shilib bu so’zlarga gumon ma’nosini yuklaydi? 1.kishi 2.narsa 3. nima 4.qaysi
5.vaqt
A.1,2,3 B.1,3,4 C.1,3,5 D.hammasi
11.Bo’lishsizlik olmoshi ishtirok etgan gapni belgilang
A.Oltin ko’milgan joyni hech topolmadim
B.Kimdir ot yetaklab o’tar azonda
C.O’g’limning har bir holidan xabar olib turish sening vazifangdir
D.Hamma perronda
12.A.Muxtorning bir xil janrdagi asarlari sanalgan qatorni toping
.A.”Hamshaharlarim”,.”Buxoroning jin ko’chalari”, ”Tug’ilish” B.”Yangi avlod ” ,”Sizga aytar so’zlarim” ,“99 miniatyura” C.”Samandar”,”Yaxshilikka yaxshilik”,”Mardlik cho’qqisi ” D.”Kumush tola ”,”Karvon qo’ng’irog’i”,”Opa-singillar”
13.Qaysi ijodkorning nazmini o’z davrida “falsafiy xarakterdagi she’riyat “deb baholashgan ?
A.A.Muxtorning
B.M.Osimning
C.Sh .Rahmonning
D.O. Yoqubovning
14.Shuhratning qaysi balladasi To’marisning tengsiz jasoratiga bag’ishlangan ?
A.”Mardlik afsonasi”,B”Jamila ”
C.”Guldursun” D”Ona va farzand ”
15.Kishilik olmoshlariga quyidagi qo’shimchalardan qaysi biri qo’shilmaydi?
A.so’z yasovchi
B.egalik
C.kelishik
D.barcha turdagi qo’shimchalarni qabul qiladi
16.Quyidagi qaysi so’zlar ba’zan nutqda men kishilik olmoshi o’rnida qo’llaniladi? 1.kamina 2.kishi 3. faqir 4.banda
A.1,2,3,4 B. 1,2,3 C1,3,4 D.1,2
17.Qaysi olmoshlar hurmat ma’nosida qo’llanganda bosh harf bilan yozilishi mumkin ? A.biz ,siz B. ular,siz C.men,sen D.siz, o’zingiz
18-O’zlik olmoshi qatnashgan gap tuzing.—————————————————————————————–19-Men aytmagan so’zni aytajak kimdir. Jumlada olmoshning qaysi ma’no turi qo’llangan?———————————————————————————————————————————————————————–
20-Fransuzcha “raqs qo’shig’i”ma’nosini anglatadigan janrni ayting.——————————————————–
21-“Oq kema “asarida baliq nimaning ramzi sifatida tasvirlangan————————————————————
22-Biz kishilik olmoshi birlik ma’nosida qo’llanganda qanday ma’no ifodalaydi?————————————————————————————————————————————————————————————
23-O’zingni er bilsang o’zgani she’r bil.Berilgan jumlada olmoshning qaysi turi qatnashgan olmosh qanday sintaktik vazifani bajargan?—————————————————————————————————————————————————————————————————————————————————–
24-Qo’shma olmosh qismlari qo’shib yoziladimi yoki ajratib?—————————————————————–
25-Olmoshlar qaysi so’z turkumlaridan yasaladi?——————————————————————————–